Sudlar toʻgʻrisida 53-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari: sudlov hayʼati ishini tashkil etadi; sudlov hayʼati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga sudlov hayʼatining faoliyati toʻgʻrisida maʼruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.