Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega. Sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir. Sudyalarga malaka darajalari beriladi. Sudyalarga malaka darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda aniqlanadi.