Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart. Sudyaga hurmatsizlik qilish, xuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.