Oʻttiz besh yoshga toʻlgan, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod boʻlishi mumkin. Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod boʻlishi mumkin emas: jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs; ilgari sudlangan yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar boʻyicha tugatilgan shaxs; chet davlat fuqaroligiga ega boʻlgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega boʻlgan shaxs; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan shaxs; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs; sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaxs.