Sudlar toʻgʻrisida 77-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish

Sudyalar malaka hayʼatining intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ustidan Sudyalar oliy malaka hayʼatiga shikoyat qilish mumkin. Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga shikoyat berish mumkin.