Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.