Sudlar toʻgʻrisida 91-modda. Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash

Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash Departament tomonidan amalga oshiriladi. Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlashga doir ishlarni tashkil etish, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; sudlar binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlar samarali sarflanishini taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish; sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlashning joriy holatini tizimli tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlashni rivojlantirishga doir uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash; sudyalarning va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.