Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 14-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari

Sugʻurtalovchi: sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini tuzishga; oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilishga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʻurta qilishga; investitsiya faoliyatini amalga oshirishga; qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi; sugʻurta (qayta sugʻurta) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga; sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) ishlab chiqishga va tasdiqlashga; sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan tegishli axborotni va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrashga va olishga; sugʻurta agentlari, sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari hamda sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzishga; qonunchilikda va (yoki) sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashni rad etishga, sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilishga; sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishga, sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarining bajarilishi ustidan nazorat olib borishga; chet el sugʻurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʻrsatishga; ilgari sugʻurtalovchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olingan yoki sugʻurta shartnomasini amalga oshirish natijasida oʻz ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni realizatsiya qilishga yoki ijaraga