Sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasini tuzish, oʻzgartirish, muddatidan oldin tugatish uchun, sugʻurta qoidalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) olish uchun elektron shakldagi axborotni (sugʻurta shartnomasini tuzish, oʻzgartirish, muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi arizani, sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqidagi bildirishnomani, sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash toʻgʻrisidagi arizani va (yoki) boshqa hujjatlarni) yaratish hamda joʻnatish sugʻurtalovchining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytidan, shuningdek mobil ilovalardan, elektron pochtadan va axborot almashishning boshqa usullaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining rasmiy veb-saytidan ushbu axborot tizimining operatori boʻlgan sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron shakldagi axborot almashinuvini taʼminlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanilishi mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun sugʻurtalovchining rasmiy veb-saytiga kirishni sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimidan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Sugʻurtani elektron shaklda amalga oshirish chogʻida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan yoxud elektron raqamli imzosiz taqdim etilgan elektron shakldagi axborot sugʻurta shartnomasi, shu jumladan sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan qaysi sugʻurta shartnomasi (polisi) shartlariga sugʻurta qildiruvchi ofertani (sugʻurta shartnomasi tuzish taklifini) qabul qilish va sugʻurta mukofoti toʻlash orqali oʻz roziligini bergan boʻlsa, oʻsha sugʻurta shartnomasi (polisi) shartlariga muvofiq qogʻozdagi hujjatga teng hujjat deb eʼtirof etiladi. Ixtiyoriy sugʻurtani amalga oshirish chogʻida sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron hujjatlarda