Sugʻurta bozorida raqobatni cheklashga yoki bartaraf etishga, bir sugʻurtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sugʻurta qildiruvchilarning va boshqa shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyilmaydi. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga oʻz uyushmalari va boshqa birlashmalaridan sugʻurta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish uchun foydalanish taqiqlanadi.