Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga quyidagilar kiradi: a) sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun: litsenziat uchun qonunchilikda taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish; sugʻurta polislarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik; sugʻurta faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan maxfiy axborotni sugʻurta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; b) sugʻurta brokerlari uchun: mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan maʼlum boʻlgan sugʻurta shartnomasini tuzish va bajarish; sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan maxfiy axborotni mijozning ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.