Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 55-modda. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlovga qobiliyatliligi kafolatlari

Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdordan va jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoridan ortiq majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi mumkin emas, bundan ularning ushbu majburiyatlarni bajarish qobiliyati toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlariga va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sugʻurta qilingan hollar mustasno.