Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 7-modda. Sugʻurta shakllari

Sugʻurta ixtiyoriy va majburiy sugʻurta shakllarida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sugʻurta ixtiyoriy sugʻurtani amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi sugʻurta shartnomasi hamda qoidalari asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sugʻurta shartnomasida sugʻurta qoidalarining asosiy tushunchalarini aks ettiruvchi sugʻurtaning muhim shartlari koʻrsatilishi kerak. Majburiy sugʻurtani amalga oshirish shartlari va tartibi majburiy sugʻurtaning aniq turlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Majburiy sugʻurta obyekti bir vaqtning oʻzida bir xil turdagi bir nechta majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin emas. Bunda faqat dastlabki tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektiga yetkazilgan zarar qoplanadi.