Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiligi

Oʻzbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.