Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari

Xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli taʼsiri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi. Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi.