Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash

Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart. Ekologik normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi. Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etiladi.

V. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH