Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativda koʻrsatilgan darajada tozaligini taʼminlash, suv oʻsimliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarining ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari hamda suv xoʻjaligi organlari daryo irmoqlari hosil boʻladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni koʻpaytirishlari hamda ularning saqlanishini taʼminlashlari shart.