Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron boʻlishdan, yoʻq boʻlib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.