Atmosfera havosi deyilganida Oʻzbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo boʻshligʻi tushuniladi. Havodan foydalanishga muayyan hudud havosining sifatini oʻzgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki siyraklashtirmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Xalqaro bitimga muvofiq vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari va kelgusida batamom toʻxtatishlari shart.