Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad: inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yoʻlida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish; ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish; ekologiya xavfsizligini taʼminlash; tabiat obyektlari bilan bogʻliq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.