Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sugʻurta qilinadi. Ekologiya sugʻurtasining tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilab qoʻyiladi.