Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 37-modda. Tabiatni muhofaza qilish tizimidagi ragʻbatlantirish

Tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish: korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirida ularga soliq solishda imtiyozlar berish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish; asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash; Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.

IX. FAVQULODDA EKOLOGIYA VAZIYATLARI