Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar deganda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan birinchi darajali xavfli moddalar jumlasiga kiritilgan oʻta zaharli, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va boshqa moddalarni saqlash, tashish va ulardan foydalanish chogʻida atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shikast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi tahdidi bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlar tushuniladi. Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining idoralari tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistral yoʻllari boʻylab alohida huquqiy tartib oʻrnatadilar.
X. XOʻJALIK FAOLIYATI VA BOSHQA YOʻSINDAGI FAOLIYATGA DOIR EKOLOGIYA TALABLARI