Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik taʼsirlardan muhofaza qilish

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektrmagnit maydonlarining va zararli fizik taʼsirlar koʻrsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.