Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 45-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish

Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi. Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga koʻra fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda koʻmib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.