Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega boʻlmagan, shuningdek ularda belgilangan talab koʻrsatkichlaridan chetlangan holda xom ashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ham oʻtkaziladi. Ekologik sertifikatlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
XI. TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK, TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID NIZOLARNI HAL QILISH