Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplashlari shart. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.