Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 56-modda. Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik, shuningdek ularni muhofaza qilish choralarini koʻrmaganlik

Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ularga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlariga nisbatan sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.