Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 61-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllash tartibi

Ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslarga nisbatan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari asosida qoʻllaniladi. Yuridik shaxslar ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan, sodir etilgan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan taqdirda, moliyaviy sanksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan qoʻllaniladi, nizo mavjud boʻlgan taqdirda yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddatda moliyaviy sanksiya summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamagan hollarda, moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tartibida hal etiladi. Moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.