Tabiatni muhofaza qilish sohasida: atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda uning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash; fuqarolarning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqlarini amalga oshirish, shuningdek ekologik osoyishtalikni taʼminlash choralarini koʻrish; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solishga doir faoliyatni tashkil etish; tabiiy resurslarning davlat kadastrlari yuritilishi tartibini belgilash va ushbu kadastrlarning yuritilishini taʼminlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash; favqulodda ekologik vaziyatlarning va ekologik ofatlarning, ekologik jihatdan xavf tugʻdiradigan vaziyatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish; tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun haq toʻlash, atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash; ekologik taʼlim va tarbiya tizimini yaratish, shuningdek uning amalga oshirilishini taʼminlash; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xoʻjalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiradi.