Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinmaydi. Tomorqa yer uchastkasining oʻlchamlari va chegarasi faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga koʻchirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.