Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.