Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin. Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.