Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 39-1-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmasligi

Tadbirkorlik subyektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.