Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishlariga koʻra boʻysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.