Tadbirkorlik faoliyati subyektlari: oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari; yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari; xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari; realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari; pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari; buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari; oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.