Taʼlim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi: pedagogik kengash; kuzatuv (vasiylik) kengashi; oliy taʼlim tashkilotining kengashi; taʼlim tashkilotining rahbari. Taʼlim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. Taʼlim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar taʼlim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.