Taʼlim toʻgʻrisida 34-modda. Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari

Davlat taʼlim standartlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi. Davlat taʼlim talablari: qoʻshimcha taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini; taʼlim tuzilmasini va taʼlimni amalga oshirish shartlarini; taʼlim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari toʻgʻrisidagi normalarni belgilaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti qoʻllaniladi. Davlat taʼlim standartlarini va (yoki) davlat taʼlim talablarini bajarish barcha taʼlim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan nodavlat taʼlim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada koʻrsatilgan taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oliy taʼlim, oʻrta maxsus taʼlim hamda professional taʼlimning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi. Ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tayanch davlat oliy taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarini belgilaydi. Tayanch davlat oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalari kadrlarning talabgorlari ishtirokida davlat taʼlim standartlarini, malaka talablarini, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat taʼlim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi. Oliy, professional, oʻrta maxsus va umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim sta