Taʼlim toʻgʻrisida 51-modda. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari

Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim tashkilotlari voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga koʻmaklashadi. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega: jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarga, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga oilada taʼlim olish imkoniyatini berish; oilada taʼlim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning oʻqishini taʼlimning har qanday bosqichida taʼlim tashkilotida davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish; taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, taʼlim tashkilotlariga xayriya yordami koʻrsatish boʻyicha takliflar kiritish; taʼlim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa taʼsis hujjati, litsenziyasi, davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikati, davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari bilan tanishish; taʼlimning mazmuni, qoʻllanilayotgan taʼlim va tarbiya usullari, taʼlim texnologiyalari bilan, shuningdek oʻz bolalarining oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi natijalari bilan tanishish; taʼlim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; taʼlim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy va