Taʼlim toʻgʻrisida 56-modda. Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj boʻlgan bolalarni (shaxslarni) oʻqitish va tarbiyalash

Alohida sharoitlarda oʻqitish va tarbiyalanishga muhtoj boʻlgan bolalar (shaxslar) uchun ularning taʼlim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini taʼminlaydigan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) taʼlim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil taʼlim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.

8-bob. Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish. Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish, taʼlim sohasidagi hujjatlarga apostil qoʻyish