Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat tan olish jarayonidan oʻtkazilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi. Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.