Taʼlim toʻgʻrisida 64-modda. Taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik

Taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir. Nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin. Taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni prinsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.