Taʼlim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi: taʼlim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish; qoʻshma fakultetlar, oʻquv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish; xalqaro darajadagi birgalikdagi taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash; hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar oʻtkazish; talabalar, magistrlar, doktorantlar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish; ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish; qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar. Taʼlim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.