Taʼlim toʻgʻrisida 8-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya

Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir. Maktabgacha taʼlim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.