Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 100-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni toʻlash jadvali

Sud sanatsiyasi rejasi qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlanadi. Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga doir aniq chora-tadbirlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Sud sanatsiyasi rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzni toʻlash jadvali; sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorning yoki ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kreditorning qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonning miqdori va toʻlash muddati; qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash davri. Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash yuzasidan ushbu Qonunning 125-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar boʻlishi mumkin. Sud sanatsiyasi rejasini amalga oshirish muddati sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida nazarda tutilgan muddatdan oshishi mumkin emas. Sud sanatsiyasi rejasida qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi kerak. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlarning yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash haqidagi masala koʻrib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi. Kreditorlar yigʻilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga eg