Sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi: kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni toʻlash jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi; qarzdor qarzni toʻlash jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlarning yigʻilishini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ikki hafta ichida oʻz tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida chaqirishi shart. Qarzdorning rahbari kreditorlarning yigʻilishiga qarzni toʻlash jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari haqida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari toʻgʻrisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigʻilishiga qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi. Kreditorlarning yigʻilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot boʻyicha xulosasini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga kreditorlar yigʻilishi bayonnomasining koʻ