Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi. Bunday holda toʻlovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili jarayonida sud boshqaruvchisi sudga taʼminotni bergan shaxslarga nisbatan daʼvo bilan murojaat qilishga haqli.