Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan tayinlanadi. Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud boʻlmasa, sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi. Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.