Qarzdorning tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrogʻini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, bundan tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlar mustasno, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan tuzilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan boʻlsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.