Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv tartib-taomili tugagunga qadar istalgan vaqtda kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qanoatlantirishga haqli. Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan bajarilishiga, basharti bunday bajarish kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qanoatlantirsa, yoʻl qoʻyiladi. Kreditorning oʻzi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish majburiyatlarini buzganligi, xuddi shuningdek ijroni taʼminlashdan boshqacha tarzda bosh tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin boʻlmaganda, pul mablagʻlari qarzdor joylashgan yerdagi (uning yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.